» » BMTning Suriya bo‘yicha komissiyasi Idlibda kimyoviy hujum uyushtirilgani haqidagi xabarni tekshirmoqda

BMTning Suriya bo‘yicha komissiyasi Idlibda kimyoviy hujum uyushtirilgani haqidagi xabarni tekshirmoqda


BMTning Suriya bo‘yicha tergov komissiyasi Idlib viloyatida ro‘y bergan kimyoviy hujum hamda gospitalga berilgan zarba yuzasidan tekshiruvni boshladi, deya xabar berdi “Kommersant”.

“Hujumda kimyoviy quroldan foydalanilganligi haqidagi xabar sarosima uyg‘otmoqda. Komissiya ayni vaqtda hujumga bog‘liq vaziyat yuzasidan tergovni boshlagan”, — deb Komissiya bayonotidan parcha keltirdi “RIA Novosti”.

Shuningdek, kimyoviy qurol qo‘llash, xuddi tibbiyot muassasasiga qasddan uyushtirilgan hujum kabi harbiy jinoyat va xalqaro gumanitar huquqlarni buzganlik hisoblanishi qayd etilmoqda. “Hujumlar ortida kim turganini topib, uni jazolash juda muhim”, — deyiladi Komissiya bayonotida.

BMT Xavfsizlik Kengshi raisi Nikki Xeyli Idlibdagi vaziyatning Xavfsizlik Kengashidagi muhokamasi 5-aprel, chorshanba kuni soat 10:00 (Toshkent vaqti bilan 19:00) bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi.

Oldinroq Suriyaning muxolifat tomonidan nazorat qilinadigan Xon-Sheyxun shahrida mamlakat harbiy-havo kuchlari hujumi oqibatida o‘nlab kishilar “gaz hujumi” qurboni bo‘lgani xabar qilingandi. Suriya armiyasi esa harbiy harakatlar vaqtida kimyoviy quroldan foydalangani haqidagi xabarlarni rad etdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (5-04-2017, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют