» » O‘zbekistondagi profilaktika inspektorlarining 72 foizi qo‘l kishanlari bilan ta’minlangan

O‘zbekistondagi profilaktika inspektorlarining 72 foizi qo‘l kishanlari bilan ta’minlangan


Bugungi kunda O‘zbekistondagi profilaktika inspektorlarining 72 foizi qo‘l kishanlari bilan ta’minlangan. Bu haqda IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘i Baxtiyor Berdialiyev ma’lum qildi, deb yozmoqda “Kun.uz”.

Xabar berilishicha, Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi yig‘ilishida ushbu masala ko‘tarilganidan so‘ng, profilaktika inspektorlarini qo‘l kishanlari bilan ta’minlanganligi 45 foizdan 72 foizga ko‘tarilgan. Yana 3 kundan so‘ng bu ko‘rsatkich 100 foizga yetkazilishi kutilmoqda.

Shuningdek, profilaktika inspektorlarining 97,4 foizi o‘zlari faoliyat olib borayotgan hududda xizmat uyiga egaligi ma’lum qilindi. Ayni paytda profilaktika xodimlarining yana 2,3 foiziga mahalliy hokimliklar tomonidan uy qurish ishlari olib borilmoqda.

Qayd etilishicha, xizmat uylari mahalliy budjetlar hisobidan ajratilgan bo‘lib, ular tayanch punktlari profilaktika inspektorlari uchun xizmat faoliyati jarayonida yashash uchun mo‘ljallangan. Boshqa ishga o‘tganda bu uy uning o‘rniga tayinlangan profilaktika inspektoriga o‘tadi. Shu sababli xizmat uylarini profilaktika inspektorlarining nomiga rasmiylashtirib berish ko‘zda tutilmagan.

Baxtiyor Berdialiyevning so‘zlariga ko‘ra, tayanch punktlarining profilaktika inspektorlari o‘zlari faoliyat olib borayotgan joyda ajratilgan xizmat uylarida yashashi shart. Agar ularning o‘zlariga ajratilgan xizmat uylarida yashamayotgani aniqlansa, ular ichki ishlar organlari safidan chetlashtiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-12-2019, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют