» » Namanganda 160 nafar profilaktika inspektoriga xizmat uylari va avtomobillar topshirildi

Namanganda 160 nafar profilaktika inspektoriga xizmat uylari va avtomobillar topshirildi


Namangan shahridagi “Uch favvora” majmuasida profilaktika inspektorlarining tantanali qasamyod qabul qilish marosimi o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Marosimda Namangan viloyatidagi shahar va tumanlarda faoliyat olib boruvchi 160 nafar profilaktika inspektoriga xizmat uylari va avtomobillar topshirildi. O‘z burchiga sadoqat, vatan va xalq manfaatlari yo‘lida xizmat qilishga qasamyod qilgan xodimlar xizmat uylari hamda Matiz mashinalari kalitini qabul qilib oldi.

Profilaktika inspektorlari nomidan so‘z olganlar ichki ishlar organlari quyi tizimlarida faoliyat olib borayotgan xodimlar uchun yaratib berilayotgan sharoitlar yanada samarali faoliyat yuritishga undashini aytib o‘tdi. Marosim yakunida inspektorlar va ularning oila a’zolari yangi mashinalarda xizmat uylariga yo‘l oldi.

Tantanali marosimda O‘zbekiston Prezidentining Davlat maslahatchisi Otabek Murodov, Oliy Majlis Senati raisining o‘rinbosari Svetlana Artikova, Ichki ishlar vaziri, general-mayor Po‘lat Bobojonov va viloyat hokimi Xayrulla Bozorov ishtirok etdi.

Опубликовано: admin (21-11-2017, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют