» » Farg‘onada 120 nafar profilaktika inspektoriga yangi uy va avtomobillar topshirildi

Farg‘onada 120 nafar profilaktika inspektoriga yangi uy va avtomobillar topshirildi


Farg‘ona shahrida joylashgan Islom Karimov nomidagi san’at saroyi xiyobonida Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi ichki ishlar organlari tayanch punktlari profilaktika inspektorlarining o‘zlari xizmat qilayotgan hududda osoyishtalikni ta’minlash va fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ishonchli himoyalash uchun tantanali qasamyod qabul qilish marosimi o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA’ga tayanib, “O‘zbekiston 24” xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, turli vazirlik va idoralar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar, yoshlar, profilaktika inspektorlarining oila a’zolari ishtirok etgan tadbirda 120 nafar profilaktika inspektoriga zamonaviy xizmat uyi va imtiyozli kredit asosida xarid qilingan yangi avtomashina kaliti tantanali ravishda topshirildi.

Tadbirda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, mahallalarda turli huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olishda profilaktika inspektorlari alohida o‘rin tutishi ta’kidlandi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev, Bosh vazir o‘rinbosari, Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzilla Norboyeva, ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov ishtirok etdi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (10-10-2017, 06:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют