» » Andijon va Namanganda profilaktika inspektorlariga zamonaviy uy-joy va xizmat avtomashinalari topshirildi

Andijon va Namanganda profilaktika inspektorlariga zamonaviy uy-joy va xizmat avtomashinalari topshirildi


Andijon va Namangan viloyatlari ichki ishlar boshqarmalari tizimidagi tayanch punktlari profilaktika inspektorlari tantanali qasamyod qabul qildi, deb yozadi O‘zA.

Tantanali qasamyod qabul qilish marosimidan so‘ng prezidentning joriy yil 20-apreldagi “Ichki ishlar organlari tayanch punktlarining profilaktika inspektorlarini xizmat uy-joyi bilan ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Andijon viloyatidagi 120 nafar profilaktika inspektoriga uy-joy va imtiyozli kredit asosida sotib olingan yangi xizmat avtomashinalari topshirildi.

“Bizga ko‘rsatilayotgan ulkan e’tibor va yaratilayotgan sharoitlar faoliyatimiz samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi”, — deydi Andijon shahrining H.Ahmedov nomidagi mahalla fuqarolar yig‘ini profilaktika inspektori, katta leytenant Iskandar G‘aniyev.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-apreldagi “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni asosida yangi tashkil etilgan Andijon shahridagi 4-militsiya bo‘linmasi ham shu kuni yangi binoda ish boshladi.

Namangan viloyati markazidagi “Uch favvora” xiyobonida bo‘lib o‘tgan marosimda 120 nafar profilaktika inspektoriga zamonaviy xizmat uyi va imtiyozli kredit asosida sotib olingan yengil avtomashinalar kaliti tantanali ravishda topshirildi.

Namangan viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan 500 ga yaqin profilaktika inspektorining o‘z hududida xizmat vazifasini sidqidildan bajarishi uchun barcha sharoit va imkoniyatlar yaratilmoqda.

Profilaktika inspektorlari uchun yaratilayotgan bunday sharoitlar ularning faoliyat samaradorligini yanada oshirishda muhim omil bo‘lmoqda. Joriy yilning o‘tgan davrida viloyatda sodir etilgan jinoyatlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 451 taga, ya’ni 12,2 foiz kamayishiga erishildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-10-2017, 13:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют