» » O‘zbekiston fuqarosi xakerlik qilgani uchun AQSh sanksiyasi ostiga tushdi

O‘zbekiston fuqarosi xakerlik qilgani uchun AQSh sanksiyasi ostiga tushdi


AQSh Moliya vazirligi o‘z sanksiyalari ro‘yxatiga yana 17 kishini kiritdi. Ular qatoridan Rossiya, Isroil, Ispaniya, O‘zbekiston va Ukraina fuqarolari o‘rin olgan. Bu haqda “Fontanka.ru” xabar berdi.

Ro‘yxatga kirganlarning asosiy qismi, ya’ni 12 kishi Rossiya fuqarosi hisoblanadi. Bundan tashqari, sanksiya ostiga Rossiyaning 7 ta kompaniyasi ham tushgan.

Ro‘yxatga kiritilgan barcha familiyalar AQSh hukumati tomonidan Rossiyaning Evil Corp xakerlik guruhi bilan bog‘langan. AQSh Moliya vazirligi tashkilot rahbari sifatida Maksim Yakubetsni qayd etgan va uni Rossiya hukumatining kiberjinoyatchilik sohasidagi yomon maqsadli ishlariga yordam beradi, deb hisoblaydi.

AQSh Moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ro‘yxatdagi bir kishi ham Evil Corp a’zosi, ham Rossiya Federal xavfsizlik xizmati xodimi hisoblanadi.

Sanksiya joriy qilinishiga sabab sifatida tashkilot tomonidan Dridex nomli dasturiy ta’minotning tarqatilgani ko‘rsatilgan. Dasturiy ta’minot yordamida xakerlar 100 million dollardan ortiq mablag‘ni o‘g‘irlashga muvaffaq bo‘lgan hamda 40 dan ortiq mamlakatda bir necha yuzlab bank va moliyaviy tashkilotlar mijozlarining ma’lumotlarini to‘plagan.

O‘zbekiston fuqarosi Azamat Safarov ro‘yxatga Evil Corp tashkilotiga aloqadorligi sababli kiritilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-12-2019, 05:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют