» » AQSh Rossiya kompaniyalariga qarshi yangi sanksiyalarni joriy qildi

AQSh Rossiya kompaniyalariga qarshi yangi sanksiyalarni joriy qildi


AQSh Rossiyaning uch nafar jismoniy shaxsi va beshta kompaniyasini sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqda AQSh moliya vazirligi tomonidan bayonot berildi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

Cheklov ta’siriga Oleg Chirkov, Vladimir Kaganskiy va Aleksandr Tribun tushgan. Ularning barchasi “Dayvtexnotsentr” kompaniyasi bilan bog‘liq.

Sanksiyalar ro‘yxatiga Digital Security, “Dayvtexnotsentr”, Kvant ilmiy-tadqiqot instituti, ERPScan va Embedi kompaniyalari ham kirgan.

Amerika tomonidan qayd etilishicha, bu tuzilmalarning barchasi Federal xavfsizlik xizmati bilan bog‘langan.

AQSh moliya vaziri Stiven Mnuchin tomonidan ta’kidlanishicha, bu kompaniyalar “Vashington va uning ittifoqchilari xavfsizligiga rahna soladi”. “Rus tahdidi”ga misol sifatida NotPetya virusining hujumi keltirib o‘tilgan. AQSh bu virus uchun Moskva javobgar, deb hisoblamoqda.

Ro‘yxatga kiritilgan shaxslarning AQSh hududidagi aktivlari muzlatilgan, fuqarolar va mamlakatning doimiy yashovchilariga ular bilan biror bir ish qilish taqiqlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-06-2018, 22:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют