» » Xitoy tashqi ishlar vazirligi AQShning KXDRga nisbatan sanksiyalarini kengaytirishini tanqid qildi

Xitoy tashqi ishlar vazirligi AQShning KXDRga nisbatan sanksiyalarini kengaytirishini tanqid qildi


Xitoy hukumati AQShning sanksiyalar ro‘yxatiga KXDRdagi bir nechta yangi tashkilot va yuridik shaxslarning kiritilishiga tanqidiy munosabat bildirdi. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vazirligi vakili Gen Shuanning so‘zlariga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.

“Bizning pozitsiyamiz aniq. Xitoy BMT Xavfsizlik kengashining doirasidan chiqqan holda o‘zining ichki qonunchiligi bo‘yicha bir tomonlama sanksiyalarni qo‘llaydigan davlatni qo‘llab-quvvatlamaydi”, — deydi Xitoy TIV vakili.

Avvalroq, AQSh moliya vazirligining chet el aktivlari ustidan nazorat qilish boshqarmasi AQSh KXDR bo‘yicha sanksiyalar ro‘yxatiga uchta tashkilot va yetti nafar jismoniy shaxsni ham qo‘shganini ma’lum qilgan edi.

Sanksiya qo‘llanilgan jismoniy shaxslar orasida KXDR mehnat vaziri Chon Yon Su ham bor.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (27-10-2017, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют