» » Yevropa Ittifoqi KXDRga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi

Yevropa Ittifoqi KXDRga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi


Yevropa Ittifoqi Kengashi Shimoliy Koreyaga qarshi sanksiyalar ro‘yxatiga yana to‘qqiz jismoniy va to‘rt yuridik shaxsni kiritdi. Ular orasida Shimoliy Koreyaning tashqi savdo davlat banki bor, deb xabar beradi “Interfaks”.

Ro‘yxat tilga olingan shaxslarning aktivlari muzlatib qo‘yilishini belgilaydi hamda ularning Yevroittifoq mamlakatlariga kirishini taqiqlaydi.

Sanksion ro‘yxatning kengaytirilishi BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan 5-avgust kuni qabul qilingan rezolyutsiya ijrosi doirasida amalga oshirildi.

Ushbu rezolyutsiyaga ko‘ra, KXDRdan temir, temir rudasi, ko‘mir va dengiz mahsulotlari eksportini taqiqlaydi.

Shu tariqa, kengaytirilgan sanksion ro‘yxatda ayni paytda BMT ro‘yxatlarida ko‘rsatilgan 62 jismoniy shaxs va 50 tashkilot, shuningdek, Yevroittifoq tomonidan mustaqil ravishda kiritilgan 41 jismoniy shaxs va yetti tashkilot bor.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (10-08-2017, 21:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют