» » Farg‘onada 1,1 mlrd so‘mlik “tamaki” va “pirotexnika” operatsiyasi fosh etildi

Farg‘onada 1,1 mlrd so‘mlik “tamaki” va “pirotexnika” operatsiyasi fosh etildi


Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi hamda DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Qo‘qon shahrida harakatlanayotgan fuqaro M.I. boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomashinani kuzatuvga oldi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Mazkur avtomashina fuqaro N.Yu.ning yashash uyida to‘xtaganidan so‘ng, tadbir ishtirokchilari tomonidan belgilangan tartibda xolislar ishtirokida nazoratdan o‘tkazildi.

Natijada, avtomashina yukxonasida salkam 99 million so‘mlik turli nomdagi tamaki mahsulotlari va umumiy qiymati 48 million so‘mdan ortiqni tashkil etuvchi pirotexnika vositalari borligi aniqlandi.

Shundan so‘ng, tezkor tadbir davom ettirilib, fuqaro Sh.Z.ning ham yashash xonadoni belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazildi.

Tekshiruv davomida ushbu xonadon yerto‘lasida umumiy qiymati 937,7 million so‘mlik tamaki mahsulotlari noqonuniy saqlanayotganligi aniqlandi.

O‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida, umumiy qiymati 1 milliard 84 million so‘mdan ortiqni tashkil etuvchi turli nomdagi jami 109 720 quti tamaki mahsulotlari va 288 195 dona pirotexnika vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-12-2019, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют