» » O‘zbekistonda taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan 79 nafar fuqaro afv etildi

O‘zbekistonda taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan 79 nafar fuqaro afv etildi


“Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali.

Farmonga muvofiq, O‘zbekiston Konstitutsiyaning 93-moddasi 23-bandiga asosan qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan jazo muddatini o‘tayotgan 92 nafar fuqaro afv etildi.

Afv etilgan shaxslarning 20 nafari jazodan to‘liq ozod qilinadi, 37 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinadi, 16 nafariga tayinlangan jazo yengilroq jazo bilan almashtiriladi. Shuningdek, 19 nafar shaxsga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartiriladi.

Konstitutsiya kuni munosabati bilan afv etilganlarning 3 nafarini 60 yoshdan oshgan shaxslar, 3 nafarini ayollar hamda 79 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-12-2019, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют