» » Samarqandda prezident tomonidan afv etilgan fuqarolarning 5 nafari ozodlikka chiqdi

Samarqandda prezident tomonidan afv etilgan fuqarolarning 5 nafari ozodlikka chiqdi


O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yilligi munosabati bilan va Konstitutsiyaning 93-moddasiga asosan Shavkat Mirziyoyevning “Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra, Samarqand viloyati bo‘yicha afv etilgan 8 nafar fuqaroning 5 nafari jazoni ijro etish muassasasidan ozod etilgan. Bu haqda viloyat prokuraturasiga tayanib, Turon24 ma’lum qildi.

Afv etilganlarni Urgut, Payariq va Samarqand tumanida yashovchi fuqarolar tashkil etadi. Shuningdek, uch nafar shaxsning o‘talmay qolgan jazo muddati qisqartirildi. Ularning bir nafari ayol.

Prezident farmoniga muvofiq, 215 nafar shaxs jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilinishi, shuningdek, 46 nafar shaxsga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartirilishi ko‘zda tutilgan. Afv etilganlarning 5 nafarini 60 yoshdan oshgan shaxslar, 135 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-12-2018, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют