» » Sog‘liqni saqlash vazirligi “Yilning eng yaxshi shifokori-2019” tanlovi g‘oliblarini taqdirladi

Sog‘liqni saqlash vazirligi “Yilning eng yaxshi shifokori-2019” tanlovi g‘oliblarini taqdirladi


Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida tibbiyotning turli yo‘nalishlarida o‘tkazilgan “Yilning eng yaxshi shifokori” respublika ko‘rik-tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bergan Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi. Tanlov vazirlik hamda Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi hamkorligida tashkil qilingan.

Tadbirda Sog‘liqni saqlash vaziri A. Shodmonov ishtirok etgan, u ishtirokchilar va tanlov g‘oliblarini tabriklagan. Tadbirda so‘zga chiqqanlar so‘nggi uch yilda tibbiyot sohasida 170 dan ziyod huquqiy hujjatlar qabul qilingani, 2017-yilda sohani moliyalishtirish hajmi 7,1 trillion so‘mni tashkil etgani, 2019-yilda ushbu raqam 12,1 trillion so‘mga yetganini ta’kidlagan. Dori vositalari va tibbiy buyumlar hamda tibbiyot obyektlarini qurilish-ta’mirlash ishlariga ajratilayotgan mablag‘ ham 3 barobarga ortgani qayd etilgan.

Mavzuga doir: 

Vazirlik Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida, tibbiyot sohasi xodimlarining maoshlari bosqichma-bosqich oshirilayotgani, soha xodimlarining bayrami arafasida 95 nafar soha vakillarining davlatning yuksak unvon va mukofotlari bilan taqdirlangani qayd etilgan.

Mavzuga doir: Toshkentda tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi (foto)

“Yilning eng yaxshi shifokori” tanlovida 39 ta nominatsiya bo‘yicha jami 117 nafar g‘olib va sovrindorlar aniqlangan. Bu yilgi tanlovda olimlar, tadqiqotchilar va farmatsevtika sohasi vakillari ham ishtirok etgan. “Yilning eng yaxshi professori”, “Yilning eng yaxshi izlanuvchi-tadqiqotchisi”, “Yilning eng yaxhsi ilmiy xodimi”, “Yilning eng yaxshi dotsenti”, “Yilning eng yaxshi o‘qituvchisi” nominatsiyalari bo‘yicha ham mukofotlar topshirildi. Tanlov g‘olib va sovrindorlari “Sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni, diplom, statuetka, esdalik sovg‘alar va pul mukofoti bilan taqdirlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-12-2019, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют