» » Rossiya sogliqni saqlash vazirligi delegatsiyasi Ozbekistonga keldi

Rossiya sogliqni saqlash vazirligi delegatsiyasi Ozbekistonga keldi


Rossiya sogliqni saqlash vaziri Veronika Skvorsova boshchiligidagi delegatsiya bugun, 6-mart kuni Ozbekistonga keldi, deb xabar berdi Sogliqni saqlash vazirligi axborot xizmati.

Tashrif doirasida delegatsiyaning Ozbekiston Sogliqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov bilan uchrashuvi bolib otadi. Unda sogliqni saqlash va tibbiy talim sohasida qoshma loyihalarni amalga oshirish rejalari muhokama qilinadi. Bundan tashqari, tomonlar birgalikda qoshma fakultetlarni tashkil etish, bakalavr, magistr va klinik ordinaturadagi talim dasturlarini takomillashtirish kabi qator masalalarga ham etibor qaratiladi.

Delegatsiya azolari, shuningdek, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, xususiy klinikalar, birlamchi tibbiy yordam muassasalari hamda tibbiyot oliy oquv yurtlariga tashrif buyurib, Ozbekistonda sogliqni saqlash sohasidagi islohotlar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega boladi.



Manba: Daryo.uz
: admin (6-03-2019, 11:29)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 5) ( 0) ( 4) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -