» » Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Moskva — Toshkent reysi davomida tobi qochgan o‘zbekistonlik ayolga tibbiy yordam ko‘rsatdi

Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Moskva — Toshkent reysi davomida tobi qochgan o‘zbekistonlik ayolga tibbiy yordam ko‘rsatdi


Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Veronika Skvorsova Moskva — Toshkent reysi davomida yo‘lovchi ayollardan biriga tez tibbiy yordam ko‘rsatdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Uchish vaqti O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan ayolning tobi qochdi — birdaniga qorni kuchli og‘rib qoldi. Samolyot ovoz kuchaytirgichi orqali shifokor kerakligi e’lon qilindi va Skvorsova yordamga shoshildi.

Vazir vaziyatni hayot uchun xavfli emas deb topdi va o‘zi doim olib yuradigan aptechkadan dori-darmonlar olib keldi. Ularni qabul qilgandan so‘ng yo‘lovchi ayolning holati yaxshilandi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Veronika Skvorsova boshchiligidagi delegatsiya bugun, 6-mart kuni O‘zbekistonga keldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2019, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 95) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют