» » Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri samolyot yo‘lovchisini qutqargani uchun mukofotga sazovor bo‘ldi

Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri samolyot yo‘lovchisini qutqargani uchun mukofotga sazovor bo‘ldi


Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Veronika Skvorsova kuch tizimining eng yaxshi xodimlariga topshiriladigan “Qalqon va atirgul” mukofotiga sazovor bo‘ldi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.

Vazir “Moskva — Nyu-York reysi yo‘lovchisiga yordam ko‘rsatishdagi yuksak fuqarolik va professionallik mas’uliyati” uchun mukofotga loyiq ko‘rilgani bildirilmoqda.

Veronika Skvorsova 2016-yil 20-sentabrda Nyu-Yorkka, BMT Bosh assambleyasiga yo‘l olganida samolyot yo‘lovchilaridan biri o‘zini yomon his etdi. Vazir unga zarur tibbiy yordam ko‘rsatdi va havo kemasi Pulkovo aeroportida shoshilinch qo‘nishni amalga oshirdi.

Moskvalik ayolda miya qon aylanishining buzilishi ro‘y bergani aniqlandi va u kasalxonaga yotqizildi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-02-2017, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 82) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют