» » Sog‘liq saqlash vazirligi: Tez tibbiy yordam brigadalarining kechikib kelishining asosiy sababi xizmat avtomobillarining yetishmasligidadir

Sog‘liq saqlash vazirligi: Tez tibbiy yordam brigadalarining kechikib kelishining asosiy sababi xizmat avtomobillarining yetishmasligidadir


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevralda sog‘liqni saqlash sohasi yetakchi mutaxassislari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida sohadagi kamchilik va muammolar keskin tanqid ostiga olingan edi. Uchrashuvda ko‘tarilgan muammolar yuzasidan 2017-yil 8-fevral, chorshanba kuni “Xalq salomatligi: muammo va dolzarb vazifalar” mavzusida Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Sog‘liqni saqlash vaziri Adham Ikromov, vazirlikning mutasaddi xodimlari, sog‘liqni saqlash sohasidagi Oliy ta’lim muassasalari rektorlari, dori-darmon sohasining yetakchi mutaxassislari va OAV vakillari ishtirok etdi.

Muloqot davomida jurnalistlar tomonidan tez tibbiy yordam brigadalarining chaqiruv joyiga kech qolib kelishi va chaqiruvlarga dispetcherlar tomonidan loqaydlik bilan qaralishi haqida berilgan savollarga Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari — Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi bosh direktori Abduhakim Xojiboyev javob berdi.

Vazir o‘rinbosarining ta’kidlashicha, tez tibbiy yordam brigadalarining kechikib kelishiga xizmat ko‘rsatadigan avtomobillarning yetishmasligi, ularning texnik holati va eskirgan avtomobillarning ko‘pligi asosiy sababdir.

Chaqiruvlarga nisbatan loqaydlik esa dispetcherlik xizmatining eski tizim asosida faoliyat ko‘rsatayotgani bilan izohlandi. Bu masalalar yuzasidan tegishli choralar yaqin bir-ikki oy ichida ko‘rilishi ta’kidlab o‘tildi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (9-02-2017, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют