» » APL. “Arsenal” safarda g‘alaba qozondi

APL. “Arsenal” safarda g‘alaba qozondi


Futbol bo‘yicha Angliya Premyer ligasi 16-turining so‘nggi uchrashuvida 9-dekabr, dushanba kuni Londonning ikki klubi — “Arsenal” hamda “Vest Hem” o‘zaro kurash olib bordi.

Bellashuv davomida mezbon jamoa himoyachisi Anjelo Ogbonna (38) tomonidan urilgan golga “to‘pchilar” Gabriel Martinelli (60), Nikolya Pepe (66) va Pyer-Emerik Obameyang (69)ning gollari bilan javob qaytardi.

Shu tariqa “Arsenal” mehmonda “Vest Hem” ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozondi va muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng “Arsenal” ochkolari sonini 22 taga yetkazib, musobaqa jadvalida 9-o‘ringa ko‘tarildi. “Vest Hem” esa 16 ochko bilan 16-pog‘onada bormoqda.

16-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:

APL

16-tur bahsi

Gollar: 1:0 — 38 Ogbonna, 1:1 — 60 Martinelli, 1:2 — 66 Pepe, 1:3 — 69 Obameyang

“Vest Hem”: Martin, Frederiks, Balbuena, Kressuell (Masuaku, 51), Ogbonna, Snodgrass (Holland, 78), Rays, Antonio, Nobl, Felipe Anderson (Aller, 70), Fornals

“Arsenal”: Leno, Chembers, Tirni (Kolashinats, 29), Papastatopulos, Meytlend-Naylz, Jaka (Gunduzi, 86), Torreyra, Pepe (Nelson, 88), O‘zil, Martinelli, Obameyang

Ogohlantirishlar: Snodgrass (24), Kressuell (49)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-12-2019, 03:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 47) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют