» » APL. “Manchester Yunayted” safarda yutqazib qo‘ydi (video)

APL. “Manchester Yunayted” safarda yutqazib qo‘ydi (video)


Futbol bo‘yicha Angliya Premyer ligasining 6-turi doirasida 22-sentabr, yakshanba kuni navbatdagi 2 ta o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi.

Ole-Gunnar Sulsher boshliq “Manchester Yunayted” mehmonda “Vest Hem” bilan bellashdi.

Bahs davomida mezbon jamoa a’zolari Andrey Yarmolenko (44) hamda Aaron Kressuell (84) David De Xea qo‘riqlayotgan darvozaga gol urdi.

Shu tariqa “mankunianlar” safarda kechgan bahsda “Vest Hem”ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi va ochko yo‘qotdi.

Ma’lumot uchun, “qizil iblislar” 8 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida 7-o‘rinni egallab turibdi. “Vest Hem” esa 11 ochko bilan 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

APL

6-tur bahslari

22-sentabr, yakshanba

Gol: 1:0 — 46, avtogol Dendonker, 1:1 — 90 Diogu Jota

Gollar: 1:0 — 44 Yarmolenko, 2:0 — 84 Kressuell

Vest Hem”: Fabianski, Frederiks (Sabaleta, 80), Ogbonna, Kressuell, Diop, Fornals, Nobl, Felipe Anderson (Uilsher, 70), Rays, Yarmolenko (Snodgrass, 89), Aller

“Manchester Yunayted”: De Xea, Yang, Maguayr, Lindelyof, Uan-Bissaka, Matich (Fred, 71), Pereyra, Jeyms, Mata (Gomes, 81), Maktominay, Reshford (Lingard, 61)

Ogohlantirishlar: Ogbonna (14), Mata (48), Nobl (74), Yang (83)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2019, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 40) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют