» » APL. “Vest Hem” Joze Mourinyo va “Manchester Yunayted”ni taslim qildi (video)

APL. “Vest Hem” Joze Mourinyo va “Manchester Yunayted”ni taslim qildi (video)


Bugun, 29-sentabr sanasida futbol bo‘yicha Angliya premyer-ligasida 7-tur uchrashuvlari boshlandi.

Mazkur turni “Manchester Yunayted” “Vest Hem”ga qarshi safardagi o‘yin bilan ochib berdi. Uchrashuvda mezbonlar Joze Mourinyo shogirdlari ustidan 3:1 hisobida ustun keldi. “Vest Hem”ning gollari Felipe Anderson, Viktor Lindelyof (avtogol) hamda Marko Arnautovich mualliflik qildi. Manchesterning javob goli esa o‘yinga ikkinchi bo‘limda zaxiradan qo‘shilgan Markus Reshford hisobiga yozildi. Qayd etish joiz, mazkur mag‘lubiyat Mourinyo shogirdlari uchun ortda qolgan 7 turdagi uchinchisidir. Jamoa hisobida hozirda 10 ochko mavjud. “Vest Hem” esa o‘z ochkolari sonini 7 taga yetkazib oldi.

Birozdan so‘ng tur doirasidagi 6 uchrashuv boshlanadi.

Angliya premyer-ligasi

7-tur bellashuvlari

29-sentabr, shanba

Gollar: 1:0 – 5 Felipe Anderson, 2:0 – 43, avtogol Lindelyof, 2:1 – 71 Reshford, 3:1 – 74 Arnautovich.

“Vest Hem”: Fabianski, Diop, Balbuena, Masuaku, Rays, Felipe Anderson, Nobl, Yarmolenko (Snodgrass, 72), Obiang, Arnautovich (Antonio, 83), Sabaleta.

“Manchester Yunayted”: De Xea, Smolling, Shou, Yang, Lindelyof (Reshford, 57), Pogba (Fred, 70), Matich, Fellayni, Maktomini, Marsyal (Mata, 71), Lukaku.

Ogohlantirish: Yang (78).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-09-2018, 18:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют