» » O‘zbekiston Oliy sudi sudyalari qancha oylik olishi ma’lum qilindi

O‘zbekiston Oliy sudi sudyalari qancha oylik olishi ma’lum qilindi


11-dekabr, chorshanba kuni Markaziy saylov komissiyasi Xalqaro matbuot markazida Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu sessiyada ishtirok etgan Oliy sud sudyasi Ibrohim Tojiyev Oliy sudda faoliyat yuritayotgan sudyalarning qancha oylik olishini ma’lum qildi:

“Hozirgi kunda Oliy sudda faoliyat yuritayotgan sudyalarning o‘rtacha oylik ish haqi 5 000 000 so‘mdan 8 000 000 so‘mgacha yetadi”.

Oliy sudning yana bir sudyasi Ilhom Rahmonqulovning fikriga ko‘ra, O‘zbekiston jamiyatida sudyalarga ishonchsizlikka sudyalarning mustaqil bo‘lmagani sabab bo‘lmoqda. Shuningdek, uning aytishicha, muayyan bir masalani faqat Oliy sud raisi yoki rais o‘rinbosari hal qiladi degan tushuncha yo‘q.

“Tuman sudyasi viloyat sudyasidan, viloyat sudyasi Oliy sud sudyasidan erkin bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, jinoyat kodeksini liberallashtirish lozim”, — deydi Milliy tiklanish demokratik partiyasi vakili Nodirjon Muxtorov.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakillik (Ombudsman) kotibiyatining vakili Saidbek Azimov O‘zbekistonda “qora ro‘yxat” umuman yo‘q qilinganini, har bir shaxs o‘zining e’tiqod huquqiga ega ekanligini aytib o‘tdi.

Avvalroq shu tadbirda ishtirok etgan O‘zbekiston ekologik partiyasi vakili Ulug‘bek Pirmuhammedov Toshkentga kelayotgan viloyatliklarni qayd etishning yangi tartibini taklif qilgan edi.

Mavzuga doir: Ekologik partiya a’zosi Toshkentga kelayotgan viloyatliklarning o‘z hududidagi inspektor ro‘yxatidan o‘tishini taklif qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-12-2019, 19:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 40) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют