» » Yevropa Ligasining 1/16 finalida ishtirok etadigan barcha jamoa nomi ma’lum bo‘ldi

Yevropa Ligasining 1/16 finalida ishtirok etadigan barcha jamoa nomi ma’lum bo‘ldi


Yevropa Ligasi musobaqasining guruh bosqich o‘yinlari o‘z yakuniga yetdi va barcha pley-off ishtirokchilari nomi ma’lum bo‘ldi.

Yevropa Ligasi guruhlari g‘oliblari: “Sevilya”, “Malmyo”, “Bazel”, LASK, “Seltik”, “Arsenal”, “Portu”, “Espanyol”, “Gent”, “Istanbul Bashakshexir”, “Braga” va “Manchester Yunayted”.

Quyidagi jamoalar esa ikkinchi o‘rin bilan pley-offga yo‘l oldi: APOEL, “Kopengagen”, “Xetafe”, “Sporting”, ChFR, “Ayntraxt”, “Glazgo Reynjers”, “Ludogorets”, “Volfsburg”, “Roma”, “Vulverhempton” va AZ Alkmar.

Shuningdek, Yevropa Chempionlar Ligasi guruh bosqichida uchinchi o‘rinni egallagan jamoalar ishtirokchilar orasiga qo‘shildi. Bular: “Bryugge”, “Olimpiakos”, “Shaxtyor”, “Bayer”, “Zalsburg”, “Inter”, “Benfika” va “Ayaks”.

O‘z navbatida qur’a arafasida jamoalar ikkita guruhda ajratildi.

Saralanganlar: “Manchester Yunayted”, “Inter”, “Arsenal”, “Benfika”, “Ayaks”, “Portu”, “Sevilya”, “Malmyo”, “Bazel”, LASK, “Seltik”, “Espanyol”, “Gent”, “Istanbul Bashakshexir”, “Braga” va “Zalsburg”.

Saralanmaganlar: “Bryugge”, “Olimpiakos”, “Shaxtyor”, “Bayer”, APOEL, “Kopengagen”, “Xetafe”, “Sporting”, ChFR, “Ayntraxt”, “Glazgo Reynjers”, “Ludogorets”, “Volfsburg”, “Roma”, “Vulverhempton” va AZ Alkmar

Yevropa Ligasining 1/16 final bosqichiga 16-dekabr, dushanba kuni qur’a tashlanadi.

Mazkur bosqich doirasidagi dastlabki o‘yinlar 20-fevralda bo‘lib o‘tadi, javob bahslari esa 27-fevralga mo‘ljallangan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-12-2019, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют