» » Sankt-Peterburgdagi portlashni uyushtirganlikda gumonlanayotgan terrorchining shaxsini uning ota-onasi tasdiqladi

Sankt-Peterburgdagi portlashni uyushtirganlikda gumonlanayotgan terrorchining shaxsini uning ota-onasi tasdiqladi


Sankt-Peterburg metrosidagi portlashni uyushtirishda terrorchi sifatida gumonlanayotgan Akbarjon Jalilov shaxsiga uning ota-onasi aniqlik kiritdi, deb xabar beradi “Kommersant”.

“Ular o‘g‘lining shaxsini tasdiqladi. Tergov ishlariga aniqlik kiritish maqsadida Jalilovning atrofidagilar va ular bilan aloqalari diqqat bilan o‘rganib chiqilmoqda”, — deya Rossiya Tergov qo‘mitasi ma’lum qildi.

Rosgvardiya terrorchi-xudkush tomonidan “Ploshchad Vosstaniya” metro stansiyasida qoldirib ketilgan bomba trotil ekvivalentida 1 kilogramm quvvatga ega bo‘lganligini xabar qildi. Portlovchi qurilmaning quvvati uni zararsizlantirgan mutaxassislar tomonidan aniqlandi.

Avvalroq, barcha qurbon bo‘lganlarning shaxsi aniqlangandi.

Eslatib o‘tamiz, 3-aprel kuni Sankt-Peterburg metrosida sodir bo‘lgan portlash oqibatida 14 kishi halok bo‘lgan, 50 ga yaqin odam jarohat olgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (6-04-2017, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 109) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют