» » Peterburg metrosidagi portlashning barcha qurbonlari shaxsi aniqlandi

Peterburg metrosidagi portlashning barcha qurbonlari shaxsi aniqlandi


Rossiya Tergov qo‘mitasi Sankt-Peterburg metrosidagi portlash oqibatida halok bo‘lganlarni barchasining ismi-familiyalarini e’lon qildi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

“Hozirgi vaqtga kelib barcha qurbonlarning shaxsini aniqlashga muvaffaq bo‘lindi. So‘nggi qurbon Nevnerjitskaya Mariya taxminan aniqlandi, bugun esa Krasikova Yuliya Dmitriyevna va Mazanov Dmitriy Aleksandrovichning shaxsi aniqlandi”, — deyiladi qo‘mita axborotida.

Halok bo‘lganlar ro‘yxati:

“Interfaks” ma’lumotiga ko‘ra, halok bo‘lganlarning oila a’zolari o‘lim haqidagi ma’lumotnomalar tarqatilishi boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, 3-aprel kuni Sankt-Peterburg metrosining “Sennaya ploshchad” va “Texnologicheskiy institut” bekatlari oralig‘ida portlash yuz bergan edi. Vagonda quvvati trotil ekvivalentida 300—500 grammga teng portlovchi uskuna ishga tushgan. Portlash oqibatida 14 kishi halok bo‘lgan, 50 dan ortiq odam tan jarohati olgan.

Rossiya Tergov qo‘mitasi terrorchining shaxsi aniqlanganini ma’lum qilgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, portlash asli qirg‘izistonlik Rossiya fuqarosi Akbarjon Jalilov tomonidan amalga oshirilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (5-04-2017, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют