» » Haqiqat qaror topdi: “Daryo” tanqididan so‘ng surxondaryolik nomzod o‘z joyiga qaytarildi

Haqiqat qaror topdi: “Daryo” tanqididan so‘ng surxondaryolik nomzod o‘z joyiga qaytarildi


“Daryo” internet nashrida Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanidagi 30-maktab direktori Dilbar Saidovaning dastlab O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan tuman Kengashi deputatligiga nomzod sifatida ko‘rsatilgani, nomzodlarni ro‘yxatga olish ishlari tugatilgach esa Xalq demokratik partiyasidan nomzod sifatida chiqib kelgani haqida so‘z yuritgandik.

Surxondaryo viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Zahiriddin To‘rayevning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, Qiziriq tuman Saylov komissiyasining 2019-yil 12-dekabrdagi qaroriga asosan Dilbar Saidovaga O‘zLiDeP a’zoligi qaytarilib, tuman Kengashi deputatligiga dastlabki mazil — “Yangikent” mahallasidan nomzod qilib ko‘rsatilgan.

Qiziriq tuman hokimligi axborot xizmati rahbari Anvar Bo‘riyevning aytishicha, tuman mutasaddilari yo‘l qo‘yilgan xato-kamchilikni tushunib yetishgan.

— Bundan keyin bu kabi xato-kamchilik takrorlanmaydi, — deydi tuman hokimligi axborot xizmati rahbari. — Biz xatoyimizni anglab yetdik.

Anvar Bo‘riyevning qo‘shimcha qilishicha, “Daryo”da e’lon qilingan shu haqdagi ikkinchi maqolada qiziriqlik To‘ra Shoyqulov ismli fuqaro bir vaqtning o‘zida tuman Kengashi va viloyat Kengashi deputatligiga 2 ta partiya — “Adolat” SDP va XDP dan nomzod qilib ko‘rsatilgani bu shoshma-shosharlik belgisi.

— Haqiqatan ham partiyalarning pala-partish ishi va tala-to‘p sabab gazetada chop etilgan deputatlikka nomzodlar ro‘yxatida To‘ra Shoyqulov ism-sharifli nomzod 28-Bandixon saylov okrugidan Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatligiga Xalq demokratik partiyasidan, viloyat Kengashiga esa “Adolat” SDP dan da’vogar sifatida xato ko‘rsatilgan, —  deyiladi hokimlik axborot xizmati munosabatida. — Shunga ko‘ra, Qiziriq tuman saylov komissiyasi fuqaro To‘ra Shoyqulovning nomzodlikdan voz kechish haqidagi arizasiga muvofiq, 2019-yilning 15-noyabrdagi Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatligiga nomzodlikka ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi 15-sonli qarorining unga tegishli qismi belgilangan tartibda bekor qilingan.

Mavzuga doir:

Eslatib o‘tamiz, Xalqaro matbuot markazi Surxondaryo viloyat bo‘limi saylov jarayonlari bilan bog‘liq ushbu ko‘zbo‘yamachilikni rad etgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-12-2019, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 25) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют