» » Pavel Grudinin Rossiya prezidentligiga rasman ro‘yxatga olingan ikkinchi nomzod bo‘ldi

Pavel Grudinin Rossiya prezidentligiga rasman ro‘yxatga olingan ikkinchi nomzod bo‘ldi


Rossiya Markaziy saylov komissiyasi (MSK) “Lenin nomli sovxoz” direktori Pavel Grudininni Rossiya kommunistlar partiyasidan prezidentlikka nomzod  sifatida ro‘yxatga oldi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Grudinindan tashqari Rossiya Liberal-demokratik partiyasi (RLDP) yetakchisi Vladimir Jirinovskiy ham ro‘yxatga olingan nomzod hisoblanadi.

Ikkovi ham parlamentdagi partiyalar tomonidan ilgari surilgani sababli qo‘llab-quvvatlanishi uchun imzo to‘plashi talab qilinmaydi.

Xabar berishlaricha, 12-yanvar Rossiya prezidenti sayloviga nomzodini qo‘yish haqida bildiruv taqdim etishning oxirgi kuni edi.

MSK rahbari Ella Pamfilova Rossiya prezidenti saylovida jami 70 kishi ishtirok etish istagini bildirgani, ulardan 24 nafarini partiyalar ilgari surgani, 46 kishi mustaqil nomzod sifatida hujjat taqdim etganini ma’lum qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-01-2018, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют