» » Rossiya Markaziy saylov komissiyasi o‘zini-o‘zi sudga beradi

Rossiya Markaziy saylov komissiyasi o‘zini-o‘zi sudga beradi


Rossiya Markaziy saylov komissiyasi 2-yanvar kuni o‘zining qarorini bekor qilish uchun Oliy sudga da’vo arizasi bermoqchiligini ma’lum qildi. Da’vo “Vozrojdeniye” jamoat harakati yetakchisi Aleksandr Chuxlebovni prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatga olish haqidagi 28-dekabrda qabul qilingan qarorga taalluqli. Bu haqda TJournal xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Chuxlebov nomzod sifatida ro‘yxatga olinganidan so‘ng Rossiya TIV tomonidan uning Finlyandiyada yashash huquqi borligi haqida ma’lumot berilgan. Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, xorijiy fuqarolikni yoki yashash huquqini olish nomzodni passiv saylov huquqidan mahrum qiladi.

Chuxlebov o‘zining Finlyandiyada yashash huquqi bo‘lganini tasdiqlagan, biroq, uning aytishicha, bu huquq bekor qilingan va uning bu haqda notarial tasdiqlangan hujjati bor. Markaziy saylov komissiyasi raisi Ella Pamfilova komissiya vaziyatni hal qilish uchun o‘zini-o‘zi Oliy sudga berishini ma’lum qilgan.

Опубликовано: admin (4-01-2018, 08:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 108) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют