» » Rossiya Markaziy saylov komissiyasi Aleksey Navalniyni prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tkazishdan bosh tortdi

Rossiya Markaziy saylov komissiyasi Aleksey Navalniyni prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tkazishdan bosh tortdi


Rossiya Markaziy saylov komissiyasi 25-dekabr, dushanba kuni muxolifatchi Aleksey Navalniyni prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tkazishdan bosh tortdi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda. 

Komissiya buni muxolifatchi sudlanganligi tufayli saylanish huquqi yo‘qligi bilan izohladi. 

MSK a’zosi Boris Ebzeyev og‘ir moddalar bilan hukm qilinganlarga sudlanganlik olib tashlangan yoki tugatilgandan keyingi 10 yil davomida saylovlarda ishtirok etish man etilganini eslatib o‘tdi. Rossiya IIVga ko‘ra, Navalniy joriy yil fevralida 5 yil ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilingan. 

Navalniy uning ro‘yxatga olinishi masalasi ko‘rib chiqilayotganda shaxsan komissiyaga keldi. Qarordan so‘ng e’lon qilingan videomurojaatida Putin uning saylovda ishtirok etishida tahdidni ko‘rishi, shu sababli komissiyaga uni ro‘yxatdan o‘tkazmaslik to‘g‘risida ko‘rsatma berganini da’vo qildi. 

Опубликовано: admin (26-12-2017, 08:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 114) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют