» » Alisher Usmonov muxolifatchi Aleksey Navalniyni sudga bermoqchi

Alisher Usmonov muxolifatchi Aleksey Navalniyni sudga bermoqchi


Milliarder Alisher Usmonov muxolifatchi Aleksey Navalniyni sudga beradi va huquq-tartibot organlariga ariza yozib, uning gaplarini tuhmat deb ataydi. Bu haqda “RIA Novosti” biznesmenning vakiliga tayanib xabar bermoqda.

Agentlik hamsuhbati ta’kidlashicha, Usmonov binoyiday qilib soliqlarni to‘lamoqda va minglab ish o‘rinlarini yaratgan.

“Navalniy odamlarni yanglish fikr bilan chalg‘itmoqda, uning da’volari — tuhmat… Shu tufayli men Navalniyni sudga beraman va huquq-tartibot organlariga ariza yozaman”, — deya Usmonovning vakili uning bayonotidan iqtibos keltirdi.

Nashr eslatishicha, avvalroq Navalniy YouTube’ga go‘yoki Dmitriy Medvedevning mol-mulki haqida hikoya qiluvchi filmni joylagan, unda Usmonov ham tilga olingan edi.

Опубликовано: admin (11-04-2017, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 59) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют