» » Shvarsenegger Trampni amerikalik o‘quvchilarni xarob qilishda aybladi

Shvarsenegger Trampni amerikalik o‘quvchilarni xarob qilishda aybladi


Kaliforniya shtati sobiq gubernatori Arnold Shvarsenegger AQSh prezidenti Donald Trampni ta’limga ajratilgan pul mablag‘ini 1 milliard dollardan ziyodroqqa kamaytirib, amerikalik maktab o‘quvchilarini talashda aybladi, deb yozadi “TASS”. Bunday fikrni mashhur aktyor va siyosatchi maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilari forumida bildirdi.

“Prezident Tramp bizga Amerikaga ilgarigi quvvatni qaytarishga va’da bergandi. Aslida esa u bolalardan 1,2 milliard dollarni olib qo‘yib, ularning bor-yo‘g‘ini shilmoqda”, — dedi Shvarsenegger.

“Bu bilan u nimaga erishmoqchi? Nima uchun u davlat budjetini bolalar hisobidan balansga keltirmoqchi?” — dedi sobiq gubernator. U, shuningdek, hukmron AQSh Respublikachilar partiyasi tarkibidan chiqmoqchi emasligini tasdiqladi (Tramp ham shu partiya a’zosi). “Men Trampning respublikachisi emasman”, — deya ta’kidladi Shvarsenegger.

Опубликовано: admin (6-04-2017, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 99) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют