» » “Oxirini o‘ylagan qahramon bo‘lolmaydi”. Po‘lat Alamdar roli bilan tanilgan Nejati Shashmaz 48 yoshga to‘ldi

“Oxirini o‘ylagan qahramon bo‘lolmaydi”. Po‘lat Alamdar roli bilan tanilgan Nejati Shashmaz 48 yoshga to‘ldi


Bugun, 15-dekabr kuni o‘zbek kino muxlislariga “Qashqirlar makoni” serialida Po‘lat Alamdar roli bilan yaxshi tanish bo‘lgan Muhammad Nejati Shashmazning tug‘ilgan kuni. U 1971-yil Turkiyaning Eloziq shahrida tug‘ilgan.

Nejati Anqarada katta bo‘lgan va shu yerda maktabni tamomlagan. U Turkiya va Kanadada mehmonxona menejmenti va turistik biznes yo‘nalishida o‘qigan.

1997-yildan 2001-yilga qadar AQShda yashagan. 2001-yil Turkiyaga oila a’zolarini ko‘rish uchun kelgan Nejatining qaytib ketish reysi 2001-yil 11-sentabrda AQShda yuz bergan terakt sabab bekor qilingan. Turkiyada ma’lum muddat qolishiga to‘g‘ri kelgan. Aynan shu qolish muddati uning muvaffaqiyatli karyerasi boshlanishiga sabab bo‘lgan. Mutaxassisligi aktyor bo‘lmagan Nejatining “Qashqirlar makoni” serialiga bosh rol uchun taklif qilinishi turli muhokamalar keltirib chiqargan. Biroq uning serialdagi mahoratli ijrosi barcha shubhalar o‘rinsiz bo‘lganini isbotladi.

U 2011-yil 41 yoshida o‘zidan 21 yosh kichik bo‘lgan Istanbul universiteti talabasi Nagehan Qoshiqchi bilan turmush qurgan, bir qiz va o‘g‘ilning otasi. Hozirda turmush o‘rtog‘i bilan ajrashish jarayoni ketmoqda.

“Qashqirlar makoni” serialining barcha fasllari 2003-yildan 2017-yilgacha davom etgan. Serialning barcha fasllarida — “Qashqirlar makoni” (2003—2005-yillarda), “Qashqirlar makoni: Iroq” (2006-yil), “Qashqirlar makoni: Terror” (2007-yil), “Qashqirlar makoni: Tuzoq” (2007—2016-yillarda), “Qashqirlar makoni: Falastin” (2011-yilda) “Qashqirlar makoni: Vatan” (2017-yilda) — Nejati bosh rolni ijro etgan.

Shuningdek, u “Qashqirlar makoni: Vatan” va “Navbatchilik” seriallarining ssenariy muallifi, rejissori va prodyuseri hisoblanadi. Nejati Shashmaz “Qashqir qonuni”, “Bir ayolni tanidim” va “Ayri yo‘l” seriallarga prodyuserlik qilgan.

Quyida “Qashqirlar makoni” serialida Nejati Shashmaz tomonidan aytilgan iqtiboslarni e’tiboringizga havola etamiz.

“Oxirini o‘ylagan qahramon bo‘lolmaydi”.

“Toki insonlar yuragida ozodlik alangasi yonar ekan, ular ertami-kechmi albatta o‘z maqsadlariga erishadilar”.

“Qalbni qayerda joylashganini hech bilmasligi mumkin, lekin qalb og‘rig‘i qanday bo‘lishi hammaga ma’lum”.

“Sukut bu eng yaxshi do‘st. Sinalgan. Unga sendan hech narsa kerak emas. Shunchaki yoningda bo‘ladi va senga xalaqit qilmaydi”.

“Ikki kishi biladigan sir — sir emas”.

“Xatoni to‘g‘rilash mumkin, lekin sotqinlikni emas”.

“Sen dunyodagi eng kuchli va jasur odam bo‘lgan taqdiringda ham sevgan insoning qarshisida hamisha ojiz bo‘lasan”.

“Haqiqatni aytish uchun biz uni navbatga qo‘yamiz. Qulay fursatni kutamiz”.

“Ba’zida ko‘zlar quruq bo‘lgani bilan yurak jim yig‘lashi mumkin”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-12-2019, 19:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 25) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют