» » Sirdaryoda 2 nafar xodim ichki ishlar organlaridan bo‘shatildi, 6 nafariga keskin intizomiy chora qo‘llanildi

Sirdaryoda 2 nafar xodim ichki ishlar organlaridan bo‘shatildi, 6 nafariga keskin intizomiy chora qo‘llanildi


O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, polkovnik Rustam Hatamov Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi va hududiy bo‘linmalarida xizmat qilayotgan xodimlar bilan videoselektor yig‘ilishini o‘tkazdi. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Kun tartibida xodimlar tomonidan sodir etilgan qonunchilik va huquqbuzarlik hamda xizmat intizomi buzilishi, shuningdek, kelgusida xodimlar tomonidan salbiy holatlarni oldini olish maqasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Rustam Hatamov joriy yilning o‘tgan 11 oyi davomida xizmatda alohida namuna ko‘rsatgan hamda yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan 57 nafar xodim O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan davlat mukofoti bilan taqdirlanganligini aytib o‘tdi.

Biroq o‘zining xizmat faoliyatida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yayotgan xodimlar ham uchrab turgani qayd etildi. Ana shunday xodimlardan 8 nafariga nisbatan turli xil intizomiy ta’sir choralari ko‘rilgan. Shundan 2 nafar xodim ichki ishlar organlari xizmatidan bo‘shatildi, 1 nafar xodim egallab turgan lavozimidan ozod etildi, 1 nafar xodim xatti-harakatiga intizomiy jazo sifatida maxsus unvonini bir pog‘ona maxsus unvoniga pasaytirilishi bo‘yicha taklif kiritildi, 4 nafar xodimga nisbatan tegishli intizomiy choralari qo‘llanildi.

Bundan tashqari, 21 nafar xizmat intizomi va qonunchilikni buzishga moyil xodimlarni, ularning ota-onalari ishtirokida viloyat IIBdagi intizomiy kengashda muhokama etib, ularni ichki ishlar organlarida qolish-qolmaslik masalasini hal etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Shuningdek, vazir o‘rinbosari joriy yilning 11 oyi davomida respublika ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan sodir etilayotgan qo‘pol ravishda xizmat intizomi va qonunchilikni buzilishiga yo‘l qo‘ygan holatlarni muhokama etib, kelgusida bu kabi salbiy holatlarni oldini olish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-12-2019, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют