» » Qashqadaryo IIB Qamashida YHXB xodimlari zo‘ravonlikda ayblangan holat bo‘yicha bayonot berdi (video)

Qashqadaryo IIB Qamashida YHXB xodimlari zo‘ravonlikda ayblangan holat bo‘yicha bayonot berdi (video)


Qashqadaryo viloyati IIB 15-dekabr, yakshanba kuni YouTube’ga “Qamashida katta janjal” sarlavhasi ostida joylashtirilgan videotasvirga munosabat bildirdi.

Mazkur videotasvir 8-dekabr, yakshanba kunidagi xizmat taqsimotiga asosan viloyat IIB YHXB YPXB 2-YPX otryadi 2-safarbarlik guruhi YPX inspektorlari safdorlar B.Qudratov, O.Xo‘janov, kichik serjant I.Bo‘ronov xizmat olib borayotgan vaqtda tasvirga olingan.

Qarshi—Shahrisabz yo‘lining 46 kilometrida, ya’ni Qamay qishlog‘idan o‘tuvchi qismida fuqaro G‘.J. boshqaruvida bo‘lgan Nexia rusumli avtomashinani boshqarish davomida xavfsizlik kamaridan foydalanmasdan kelganligi uchun YPX inspektori safdor B.Qudratov uni to‘xtatib, haydovchiga o‘zini tanishtirib, o‘ziga va avtomashinaga tegishli hujjatlarni taqdim qilishni so‘raganida, haydovchi hujjatlarini taqdim etgan.

YPX inspektori hujjatlarni tekshirish davomida avtomashina sug‘urta polisining muddati o‘tib ketgan holda avtomashinani boshqarib yurganligi, bu harakati bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 24-dekabr kunidagi 370-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l harakati qoidalari”ning 7-bandida nazarda tutilgan qoidabuzarlikni sodir etganligi uchun haydovchiga nisbatan UZ-19-seriyali 70-235830-raqamli ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirib, haydovchini ma’muriy bayonnoma bilan tanishtirgan va MJtKning 291-moddasi va IIVning 2011-yil 13-iyun kunidagi 68-sonli buyrug‘ining 36-bandida “Ushlab turish sabablari bartaraf etilgunga va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rilgunga qadar” deb ko‘rsatilganligiga asosan avtomashina Qamashi tumanidagi “Hojibek Abduqahhorovich” MChJga tegishli bo‘lgan jarima maydonchasiga joylashtirgan.

Shunda Nexia’da yo‘lovchi sifatida kelayotgan no’mulum fuqaro qo‘l telefoniga YPX inspektorlarini videotasvirga olib, go‘yoki YPX xodimlari zo‘ravonlik qilib mashinani evakuatorga ortayotganligini, Qamashi tumanida “GAI”lar shunday ishlar bilan shug‘ullanib yurganligini, haydovchiga o‘zini tanishtirmaganligini, xizmat guvohnomasi va dislokatsiyasini ko‘rsatmaganligini aytib videotasvirga ola boshlaganligi, YPX inspektori kichik serjant I.Bo‘ronov ushbu fuqaroga “hurmatli fuqaro Siz haydovchi emassiz, YPX inspektori o‘zini tanishtirdi, men kichik serjant Bo‘ronov Ikrom” deb o‘zini tanishtirib xizmat guvohnomasini ko‘rsatganida ushbu fuqaro unga baqirmasligini, oraliq masofa saqlashini aytib janjal chiqarishga va ommani yig‘ishga harakat qilgan.

Shundan so‘ng evakuatorni hujjatlarini ko‘rsatmaganligini, uni kim chaqirganligi bo‘yicha turli xil gap-so‘zlar qilib, ommani o‘ziga jalb qilgan va YPX inspektorlarining ishiga xalaqit bergan. Avtomashinani evakuatorga ortish davomida “avtomashinani sudrab tashladinglar, zo‘ravonlik qilib ortayapsizlar, men bo‘lganimda bularga avtomashinani bermasdim”, — deb haydovchini janjal ko‘tarishga undagan va ushbu holat bo‘yicha prokuratura organlariga hamda tegishli tashkilotlarga murojaat qilishini aytib videotasvirni yakunlagan.

Mazkur holat yuzasidan viloyat IIB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-12-2019, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют