» » Samarqand viloyati IIB ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan YPX xodimlari bilan bogliq janjalli tasvirlarga izoh berdi

Samarqand viloyati IIB ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan YPX xodimlari bilan bogliq janjalli tasvirlarga izoh berdi


2019-yil 6-iyun kuni Telegramdadavomiyligi 51 sekunddan iborat bolgan YHXB xodimlariga nisbatan fuqarolar tomonidan xizmat vazifasini bajarishga qarshilik qilish aks etgan videotasvir tarqalgan, bu haqda Zarnews malumot beradi.

Aniqlanishicha, 2019-yil 5-iyun kuni soat 22:50 larda Samarqand shahar, Buyuk Ipak yoli kochasida joylashgan 14-umumtalim maktabi oldida otkazilayotgan Avtopatrul reyd tadbiri davomida Buyuk Ipak yoli kochasi boylab harakatlanib kelayotgan avtomashinalar toxtatilib tekshirilishi jarayonida Samarqand viloyat IIB Yol harakati xavfsizligi boshqarmasi bolinmalari yol-patrul xizmati batalyoni yol-patrul xizmati ikkinchi otryadi ikkinchi safarbar guruhi yol-patrul xizmati katta inspektori serjant S.N. Samarqand shahar Buyuk Ipak yoli kochasidan harakatlanib kelayotgan avtomashinalarga Diqqat ishorasini berib, toxtatish chorasini qollagan vaqtida Cobalt rusumli avtomashina haydovchisi YPX xodimini korib, oz boshqaruvidagi avtomashinasini 100 metr oldinroqda toxtatib, avtomashinasidan tushib orqaga qarab qochayotgan vaqtida YPX xodimi tomonidan haydovchini spirtli ichimlik istemol qilgani holda transport vositasini boshqarib kelganlikda gumon qilib, haydovchini ushlash boyicha Buyuk Ipak yoli kochasida joylashgan Yevraaziya oshxonasi oldida xizmat olib borayotgan ikkinchi otryad ikkinchi safarbar guruhi yol-patrul xizmati inspektori, safdor K.J.ga aloqa vositasi orqali xabar beradi va xabarga asosan haydovchi ushlanib, boshqaruvida bolgan avtomashina oldiga olib kelinayotgan vaqtida haydovchining ikki nafar tanishlari va kochada bolgan bir necha nafar fuqarolar haydovchini qochirib yuborish maqsadida YPX xodimiga yopishib, haydovchining qochib ketishiga sharoit yaratgan.

Hodisa joyiga yordamga yetib kelgan serjant S.N. va ikkinchi otryad ikkinchi safarbar guruhi yol-patrul xizmati katta inspektori, serjant B.Q. haydovchini ushlab, ozining boshqaruvida bolgan yol-patrul avtomashinasiga joylashtirgan.

Haydovchi bilan olib borilgan suhbat davomida, u ozining Urgut tumani Oramas qishlogida yashovchi 1995-yilda tugilgan A.T. ekanligini, 2019-yil 5-iyun kuni tushlik vaqtida oz miqdorda spirtli ichimlik istemol qilganligi, transport vositasini boshqarish huquqini beradigan hujjatlari yoqligi va qollaniladigan jarima miqdoridan qutulish maqsadida YPX inspektorlaridan qochishga harakat qilganligini malum qilgan.

Shundan song, A.T. tibbiy tekshiruvdan otkazilib, tibbiy bayonnomaga kora, hushyor holatda bolganligi aniqlangan. Biroq unga nisbatan transport vositasini tegishli hujjatlarsiz va YPX inspektorining qonuniy talabiga boysunmaganligi holati boyicha mamuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashina jarima maydoniga joylashtirilgan.

YPX inspektorlari va haydovchi tan jarohati olmaganligi, lekin YPX inspektoriga haydovchi hamda uning tanishlari qarshilik qilganligi holati boyicha ularga nisbatan viloyat IIB YHXB tomonidan xizmat tekshiruvi olib borilayotganligi malum boldi.



Manba: Daryo.uz
: admin (9-06-2019, 20:29)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 2) ( 0) ( 1) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -