» » Samarqandda IIB xodimiga pora bermoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Samarqandda IIB xodimiga pora bermoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi


2018-yil 30-avgust kuni soat taxminan 09:30 atrofida o‘z xizmat vazifasini bajarib turgan Samarqand viloyati IIB YHXB xodimlari, Samarqand—Kattaqo‘rg‘on avtomobil yo‘lining 5 km.da harakatlanib kelayotgan “ZIL-130” rusumli avtomashinani yukxonasinini tekshirish maqsadida to‘xtatishgan. Tekshiruv jarayonida avtomashinani boshqarib kelgan haydovchi R.S.ning vaqtinchalik haydovchilik guvohnomasi muddati o‘tganligi, u “yo‘l harakati qoidalari”ning 7-bandi talablariga rioya etmasdan MJTKning 135-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan huququqbuzarlik sodir etganligi aniqlab, bu haqda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan va avtomashina jarima maydonchasiga joylashtirishgan.

“Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayevning xabar berishicha, Ichki ishlar organi xodimi oldiga X.N ismli shaxs kelib, jarima maydonchasiga qo‘yilgan avtomashina yukxonasida bo‘lgan “beda” ozuqa mahsuloti egasi ekanligini bildirib, “ZIL-130” rusumli avtomashinani jarima maydonchasidan chiqarib yuborishlik uchun 100 ming so‘m berishini aytgan.

IIB o‘z xavfsizligi bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida fuqaro X.N. “ZIL-130” rusumli avtomashinani jarima maydonchasidan chiqarib yuborishlik uchun Yo‘l patrul xizmati xodimiga 100 ming so‘mni pora tariqasida bergan vaqti ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Pastdarg‘om tuman prokuraturasi tomonidan X.N.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2018, 12:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 86) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют