» » Ohangaronda soxta YHXB xodimi qolga olindi

Ohangaronda soxta YHXB xodimi qolga olindi


Joriy yilning 12-mart kuni Toshkent viloyati Ohangaron tumani hududidan otgan Toshkent Osh va A-373 Guliston Osh magistral yolida ichki ishlar organlari xizmat kiyimida shubhali soxta yol harakati xavfsizligi xizmati xodimi xizmat olib borayotganligi haqida xabar kelib tushadi. Bu haqda Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati Daryoga xabar bermoqda.

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi oz xavfsizligi bolimi va Yol harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari hamkorligida otkazilgan tadbir davomida A-373 Guliston Osh magistral avtomobil yolining 124chaqirimida, yol chetida Nexia rusumli 10 Z 276 MA davlat raqamli avtomashina old yolovchi orindigida ichki ishlar organlari xizmat kiyimida bolgan shaxsdan ozini tanishtirish soralganida, xodimlarning qonuniy talablarini bajarmasdan ularga qarshilik korsatib, fuqarolik kiyimida bolgan haydovchi avtomashinani katta tezlikda Ohangaron shahri yonalishida boshqarib, qochib ketadi.

Ichki ishlar xodimlarining say-harakatlari bilan avtomashina toxtatilib, tekshirilganda, haydovchi Angren shahar Nurobod qorgonida yashovchi S.J avtomashinani tegishli xujjatlarsiz, mast holatda boshqarganligi, yonida bolgan soxta yol harakati xavfsizligi xizmati xodimi Ohangaron tumanida yashovchi X.X ekanligi aniqlandi, deyiladi xabarda.

Ulardan ichki ishlar organlari xodimlarining bushlati, Yol harakati xavfsizligi inspektori jileti va jezl tayoqchasi olindi.

Surishtiruvlar mobaynida ushbu shaxslar ilgari ichki ishlar organlarida bir muddat xizmat olib borishganligi, ozlarining salbiy xatti-harakatlari sababli xizmatdan boshatilganligi, xizmatdan boshatilgandan keyin ham ichki ishlar organlari xodimi libosini kiyib sodir etgan jinoiy qilmishlari uchun sudlanganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan X.X va S.J.lar ozlariga tegishli jazoni oladi, deyiladi xabarda.

Malumot uchun, Ozbekiston qonunlariga kora davlat xizmatchilarining formali kiyim-boshini qonunga xilof ravishda kiyib yurish uchun eng kam oylik ish haqining besh baravarigacha jarima belgilangan.



Manba: Daryo.uz
: admin (17-04-2018, 11:43)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 5) ( 0) ( 3) ( 2)
:
-
:
20 ... -