» » Soxta YHXB xodimi qo‘lga olindi

Soxta YHXB xodimi qo‘lga olindi


Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan soxta YHXB xodimi aniqlandi. Bu haqda idora matbuot xizmati xabar bermoqda.

20-yanvar kuni soat taxminan 14:30 larda Sergeli tumanida joylashgan “Sergeli” YPX maskanida xizmat olib borayotgan YHXB xodimlariga bir shaxs murojaat qilib, Binokor ko‘chasidagi avtomobil yo‘lida avtomashina haydovchilarini to‘xtatib, ularning hujjatlarini tekshirayotgan YHXB xodimi unda shubha uyg‘otganini ma’lum qildi.

Xabar asosida Toshkent shahar IIBB xodimlari ko‘rsatilgan joyga bordi va haqiqatan Ruzmatov Azizbek Ashiraliyevich ichki ishlar organi xodimlarining xizmat kiyimida go‘yoki YHXB xodimi sifatida avtoulovlarni to‘xtatish bilan shug‘ullanayotganini aniqladi.

A.A. Ruzmatov tekshirilgan vaqtda u aslida YHXB xodimi emasligi ma’lum bo‘ldi va undan jezl, radioaloqa vositasi, hushtak, YHXB xodimining qalbaki ko‘krak nishoni va qalbaki ma’muriy huquqbuzarlik bayonnomalari rasmiylashtirib olindi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-01-2018, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют