» » Samarqand viloyat IIB rahbari urush faxriylari va xizmat vaqtida halok bo‘lgan xodimlarning xonadonida bo‘ldi (foto)

Samarqand viloyat IIB rahbari urush faxriylari va xizmat vaqtida halok bo‘lgan xodimlarning xonadonida bo‘ldi (foto)


9-may – Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan Samarqand viloyat IIB boshlig‘i Aziz Tashpo‘latov Ikkinchi jahon urushida qatnashib, urushdan so‘ng o‘z faoliyatini Ichki ishlar organlariga bag‘ishlagan hamda xizmat vaqtida halok bo‘lgan IIB xodimlarning uyiga tashrif buyurib ularning holidan xabar oldi.

Samarqand viloyat IIB matbuot xizmatining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, tashrif chog‘ida urushda ishtirok etgan Bektemir Qarshiboyev hamda Tojiboy Hamzayevga Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyevning bayram tabrigi, hamda 7 500 000 so‘m miqdoridagi pul mukofoti, Ichki ishlar vazirining bayram tabrigi, hamda 2 500 000 so‘m miqdorida pul mukofotlari tantanali ravishda topshirilgan.

Shuningdek, ularning xonadonlariga viloyat IIB tomonidan bayram dasturxoni uchun turli xil oziq-ovqat mahsulotlari tuhfa etildi.

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan viloyat IIB rahbariyati marhum Ibrohim Nishonov yashagan xonadonda bo‘lib, uning oila a’zolari holidan xabar olishdi.

Ibrohim Nishonov 2018-yilning 24-may kuni Samarqand viloyatining Payariq tumanida o‘z xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtda Damas avtomashinasini boshqarib kelayotgan huquqbuzar tomonidan urib ketilgan. Natijada yo‘l patrul xizmati xodimi olgan tan jarohatlari tufayli vafot etgan.

O‘zbekiston Prezidentining 2019-yil 11-yanvardagi Farmoniga asosan Samarqand viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi bo‘linmalari yo‘l-patrul xizmati batalyoni yo‘l-patrul xizmati uchinchi otryadi inspektori marhum Ibrohim Nishonov “Jasorat” medali bilan taqdirlangan.

Boshqarma xodimlari marhumning oila a’zolariga qimmatbaho sovg‘alar va bayram dasturxoni uchun oziq-ovqat mahsulotlari tuhfa etishdi.

Shuningdek, marhumning hamkasblari Ibrohim Nishonov o‘qigan Tayloq tumani, Galabotir qishlog‘ida joylashgan 47-umumta’lim maktabiga uning nomidan 50 ta badiiy va adabiy-siyosiy kitoblar hadya etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 58) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют