O‘zbekistonda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 2 mln so‘mdan pul mukofoti beriladi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
9-may kuni umumxalq bayrami — Xotira va qadrlash kunining nishonlanishi, shuningdek, 1941—1945-yillarda bo‘lib o‘tgan Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 72 yilligi bayram qilinishi munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlarini moddiy rag‘batlantirish maqsadida ularga 2 million so‘m miqdoridagi bir martalik pul mukofotlari topshirilishi belgilangan.
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmatiga Moliya vazirligi va Markaziy bank bilan hamkorlikda pul mukofotlarini tantanali ravishda topshirilishini ta’minlash vazifasi yuklatilgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili urush qatnashchilari va nogironlari bayram munosabati bilan 800 ming so‘mdan pul mukofoti olgan edi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Добавить комментарий!
