» » Samarqandda urush faxriylariga Prezident tabrigini viloyat hokimi oqib bermoqda

Samarqandda urush faxriylariga Prezident tabrigini viloyat hokimi oqib bermoqda


Samarqand viloyatida istiqomat qilayotgan urush faxriylariga Ikkinchi jahon urushida qozonilgan Galabaning 74 yilligi hamda Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevning tabriknomasi va pul mukofoti tantanali topshirilmoqda. Bu haqda Zarnews xabar qiladi.

Viloyat hokimi E.Turdimov bugun ham tuman va shaharlarda istiqomat qilayotgan urush qatnashchilari xonadoniga borib, davlat rahbari yollagan tabriknoma va pul mukofoti, shuningdek, viloyat hokimligining sovgalarini topshirdi.

Samarqand shahridagi Tashabbuskorlar mahallasida yashovchi Juma Hasanovning xonadonida kechgan suhbatda viloyat hokimi Ikkinchi jahon urushi va mehnat fronti faxriylari davlatimizning doimiy etiborida ekanini takidlab, otaxonga samimiy minnatdorlik izhor etdi.

Siz kabi insonlarni qadrlash, ezozlash biz uchun sharafli burch hisoblanadi, dedi viloyat hokimi. Muhtaram Prezidentimiz tabriklarida qayd etilganidek, Fashizm degan yovuz balo bosh kotargan mudhish va suronli yillarda Siz azizlar joningizni ayamasdan, Vatan himoyasi va ozodligi yolida mardona kurashdingiz. Sizlar kabi ming-minglab mard ota-bobolarimiz, onalarimizning matonati va jasorati insoniyatni halokatdan asrab qoldi. Buning uchun barchamiz Siz kabi fidoyi insonlar oldida doim qarzdormiz. Ilohim, sog va omon bolib, doim elimizning, davlatimizning ezozida yuring, deymiz.

Korsatilayotgan etibor va gamxorlikdan Samarqand shahridagi Motrid mahallasida yashovchi Fazliddin bobo Asliddinov goyat mamnun ekanini aytdi.

Yoshim 95 da, deydi Fazliddin bobo. Avval ocharchilikni, song qirginbarot urushning azob-uqubatlarini boshdan otkazdik. Dahshatli jang maydonlaridan omon-eson qaytishimizning ozi bir davlat deb, tiklanish yillarida ham birimiz ikki bolmay mehnat qildik. Mustaqillik yillaridagina haqiqiy ezoz-ehtiromga erishdik. Viloyat hokimining ozi xonadonimizga kelib, davlatimiz rahbarining bizga yollagan tabrigi va boshqa sovgalarini topshirganidan boshim osmonga yetdi. Shu kunlarda ozimni yoshargandek his etyapman, yuksak etibor va gamxorlik uchun davlatimiz rahbaridan, hukumatimizdan behad minnatdorman.

Viloyat hokimi, shuningdek, Nuroniy jamgarmasi viloyat bolimi, harbiylar va keng jamoatchilik vakillarining Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari Said Umar Asanov, Sabo Toraqulov, Grigoriy Tokarevlarning xonadoniga tashrifi ham bayramga aylanib ketdi. Prezident nomidan bayram tabrigi, pul mukofoti va viloyat hokimligi sovgalarini qabul qilib olgan otaxonlar el-yurtga tinchlik-osoyishtalik tiladi.



Manba: Daryo.uz
: admin (5-05-2019, 20:59)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 4) ( 0) ( 2) ( 2)
:
-
:
20 ... -