» » “O‘zavtosanoat” ikki qo‘shma korxona o‘rtasida yuzaga kelgan kelishmovchilikka izoh berdi

“O‘zavtosanoat” ikki qo‘shma korxona o‘rtasida yuzaga kelgan kelishmovchilikka izoh berdi


OAVda muassislaridan biri “O‘zavtosanoat” AJ bo‘lgan Janubiy Koreyaning Uz-Dong Yang Co qo‘shma korxonasi va Uz-Metertech Co qo‘shma korxonasi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda yuzaga kelgan muammolar to‘g‘risida xabarlar tarqalgan. “O‘zavtosanoat” AJ mazkur xabarlarga munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, “O‘zavtosanoat” AJ Uz-Dong Yang Co qo‘shma korxonasining koreys tomoni bilan yaqin hamkorlikni davom ettiradi. Bundan tashqari, O‘zbekistonda 1996-yildan beri muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelayotgan Uz-Dong Yang Co kompaniyasi bilan respublikadagi qo‘shma loyihalar doirasida faoliyatni kengaytirish rejalashtirilmoqda.

Xabar berilishicha, ikki kompaniya o‘rtasida yuzaga kelgan bahsga UzAuto Motors AJ tomonidan sotib olingan jihoz sabab bo‘lgan. UzAuto Motors AJ zavodlarini detallar bilan o‘z vaqtida ta’minlash bo‘yicha ishlab chiqarish vazifalarini hal qilish uchun ushbu jihoz kompaniya tasarrufida qolgan holda, Uz-Dong Yang Co qo‘shma korxonasiga beg‘araz foydalanishga taqdim etilgan.

“O‘zavtosanoat” xabarida aytilishicha, tomonlar bahsi sud tartibida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ko‘rib chiqiladi. “O‘zavtosanoat”ning ishonch bildirishicha, Uz-Metertech Co va Uz-Dong Yang Co o‘rtasida yuzaga kelgan masalalar ushbu korxonalarning UzAuto Motors AJ bilan o‘zaro manfaatli hamkorligiga ta’sir ko‘rsatmaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-12-2019, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют