» » Farzandiga tarbiya berish borasidagi majburiyatini bajarmagan 5 ming nafardan ziyod ota-ona javobgarlikka tortildi

Farzandiga tarbiya berish borasidagi majburiyatini bajarmagan 5 ming nafardan ziyod ota-ona javobgarlikka tortildi


Joriy yilning o‘tgan 11 oyi mobaynida spirtli ichimliklarga ruju qo‘ygan 3 nafar voyaga yetmagan shaxs Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi davolash profilaktika muassasalariga davolanish uchun yuborildi. 4 700 nafar o‘quvchining ta’lim maskaniga bormay, nazoratsiz yurganligi aniqlanib, ular bilan yakka tartibda profilaktik ishlar olib borildi. Bu haqda 16-dekabr, dushanba kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan brifingda IIV rasmiysi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

Qayd etilishicha, voyaga yetmagan farzandiga ta’lim-tarbiya berish borasidagi majburiyatini bajarmagan 5 ming nafardan ziyod ota-ona ma’muriy javobgarlikka tortilgan hamda ularning har biriga eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida jarima qo‘llanilgan.

“Voyaga yetmaganlar orasida tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklar noqonuniy sotilishining oldini olish yuzasidan profilaktik tadbirlar” mavzusidagi matbuot anjumanida qayd etilishicha, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida O‘zbekistonda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 187-moddasi (jamoat joylarida alkogol mahsulotini iste’mol qilish) bo‘yicha 119 mingdan ortiq ma’muriy huquqbuzarlik holati kuzatilgan. Natijada 3 milliard so‘mdan ortiq jarima undirilgan.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 56-1-moddasi (jamoat joylarida tamaki mahsulotini iste’mol qilish)ga asosan esa 145 mingdan ortiq ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan hamda 5 milliard so‘mga yaqin mablag‘ jarima qilingan.

“Ta’lim, sport va diniy muassasalardan 200 metrdan kam radiusda alkogol va tamaki mahsulotlari sotishni yo‘lga qo‘ygan savdo do‘konlari 3744 marta ogohlantirilgan. Keyinroq ularning litsenziyasini to‘xtatish bo‘yicha mahalliy hokimliklarga taqdimnomalar kiritilgan hamda litsenziyalari vaqtinchalik to‘xtatilgan. Shundan 2790 tasi maktab, 66 tasi akademik litsey, 429 tasi kasb-hunar kollejlari va 459 tasi masjidlar atrofidagi savdo shoxobchalariga to‘g‘ri kelgan”, — dedi IIV Huquqbuzarlik profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘i Baxtiyor Berdialiyev.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-12-2019, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют