» » Bosh prokuratura: 3 mingdan ziyod qarovsiz qolgan bola aniqlandi

Bosh prokuratura: 3 mingdan ziyod qarovsiz qolgan bola aniqlandi


O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida prokuratura organlarining 2019-yilning o‘tgan besh oyi davomida amalga oshirilgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan matbuot anjumanida voyaga yetmaganlar qonuniy manfaatlarini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlarga to‘xtalib o‘tildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Voyaga yetmaganlar haqidagi qonunlar ijrosini ta’minlash borasida prokuratura organlari 888 tekshirish o‘tkazgan. Bu jarayonda 4 ming 471 prokuror nazorati hujjatlari qo‘llanilgan.

Natijada 5 ming 204 nafar mansabdor shaxs intizomiy, ma’muriy va moddiy javobgarlikka tortilgan. Qo‘pol qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ygan shaxslarga nisbatan 18 jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

O‘zbekistonning “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi qonuni ijrosi o‘rganilgan. 3 mingdan ziyod yetim va ota-ona qarovisiz qolgan bola aniqlangan. O‘rganish natijasiga ko‘ra, 701 prokuror nazorati hujjati qo‘llanilgan.

Shu tufayli 265 nafar shaxs intizomiy va ma’muriy javobgarlikka tortilgan, 2 jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlik ahvoli tahlil qilinib, natijalari Bosh prokuror nomidan Xalq ta’limi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri nomiga taqdimnomalar kiritilib, tegishli chora-tadbirlar belgilangan.

Voyaga yetmaganlar o‘rtasida suitsid holatlarining oldini olish yuzasidan ta’lim muassasalarining pedagog va psixologlar uchun metodik qo‘llanmalar tayyorlandi.

Voyaga yetmaganlarning nazoratsizligi va qarovsizligini hamda ular o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish maqsadida farzand tarbiyasida alohida e’tibor qaratish lozim bo‘lgan masalalar to‘g‘risida “ota-onalar uchun eslatma” ishlab chiqilib, joylarda manzilli ravishda ota-onalarga tarqatilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-06-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют