» » Bosh prokuratura TIVning sobiq xodimi Qodir Yusupov ishi bo‘yicha ma’lumot berdi

Bosh prokuratura TIVning sobiq xodimi Qodir Yusupov ishi bo‘yicha ma’lumot berdi


14-iyun kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Prokuratura organlarining 2019-yilning birinchi besh oyligidagi faoliyati” mavzusida brifing bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi xodimlari ishtirok etdi. Bu haqda Repost xabar berdi.

Brifing paytida JKning 157-moddasi (Davlatga qarshi xiyonat) bo‘yicha javobgarlikka tortilgan, Tashqi ishlar vazirligi sobiq xodimi, O‘zbekistonning YeXHTdagi vakili Qodir Yusupovning ishi haqida gapirib o‘tildi.

“Bugungi kunga kelib, 2019-yil 23-mayda ayblov xulosasi bilan ushbu jinoyat ishi O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 388-moddasi (Jinoyat ishini sudga yuborish) bo‘yicha O‘zbekiston harbiy sudiga o‘tkazildi. Ayni paytda ish ko‘rib chiqilmoqda”, — deya ta’kidladi Bosh prokuror muovini Erkin Yo‘ldoshev.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-06-2019, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют