» » Sobiq bosh prokuror Rashidjon Qodirov ishi bo‘yicha 21 kishi qamoqqa olingan

Sobiq bosh prokuror Rashidjon Qodirov ishi bo‘yicha 21 kishi qamoqqa olingan


O‘zbekiston sobiq bosh prokurori Rashidjon Qodirov ishi bo‘yicha 24 kishiga ayblov qilingan, 21 kishi qamoqqa olingan. Bu haqda 5 iyun kuni O‘zbekiston Bosh prokuraturasida bo‘lib o‘tgan brifing davomida ma’lum qildi.

Bosh prokuraturaning Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Mansur O‘rolovning ta’kidlashicha, hozirgi vaqtda Rashid Qodirov nisbatan tergov harakatlari olib borilayapti.

Tergov jarayonida Qodirov Rashid Hamidovich tomonidan lavozimga tayinlash, shuningdek, rahnamolik qilish, pora olish bilan bog‘liq holat aniqlangan.

Jinoyat ishi bo‘yicha hozirda 24 nafar shaxsga ayblov e’lon qilingan, shulardan 21 nafar shaxsga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Tergov yakuni bo‘yicha ommaviy axborot vositalariga tergovda aniqlangan holatlar bo‘yicha ma’lumot beriladi

Mansur O‘rolov, Bosh prokuratura Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari

Rashidjon Qodirov 23-fevral kuni qo‘lga olingan edi. Keyinroq uning o‘g‘li qidiruvga berilgani ma’lum qilindi. May oyi oxirida esa Rashidjon Qodirov qon bosimidan aziyat chekib, mahbuslar shifoxonasiga yotqizilgani ma’lum bo‘ldi.

Qayd etish joiz, 19-may kuni Andijon viloyatida bo‘lib o‘tgan faollar yig‘ilishida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev sobiq bosh prokurorga nisbatan ochilgan jinoyat ishi haqida to‘xtalib, jumladan, shunday degandi: “Sobiq bosh prokuror butun boshli jamoasi bilan qamoqda yotibdi. Million-million dollar topshirib yotibdi. Ikki-uch oy ichida televideniye orqali o‘zini gapirtiraman”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2018, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 99) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют