» » Sobiq bosh prokuror Rashidjon Qodirovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Sobiq bosh prokuror Rashidjon Qodirovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi


O‘zbekiston Bosh prokuraturasi tomonidan sobiq bosh prokuror Rashidjon Qodirovga nisbatan Jinoyat kodeksining 165, 205, 210-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

23-fevral kuni Rashidjon Qodirov O‘zbekiston Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlandi.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Jinoyat Kodeksining 165-moddasi — “Tovlamachilik” (uch yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish); 205-modda — “Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish” (eng kam ish haqining 150 baravaridan 600 baravarigacha jarima); 210-modda — “Pora olish” (eng kam ish haqining 50 baravaridan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi) kabi jinoyatlarni o‘z ichiga oladi.

Rashidjon Qodirov 2000—2015-yillarda bosh prokuror lavozimida ishlagan, 2015?2017-yillarda Konstitutsion sud sudyasi bo‘lgan.

Avvalroq OAVda Rashidjon Qodirov joriy yilning 22-fevral sanasida qo‘lga olingani, unga nisbatan yirik miqdorda davlat mulkini o‘zlashtirish va xorij banklari vositasida pul yuvish amaliyotlari o‘tkazish aybi qo‘yilayotgani hamda unga nisbatan hibsga olish ehtiyot chorasi qo‘llangani haqida xabarlar tarqalgandi.

23-fevral kuni  Bosh prokuratura Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi xodimi Qodirovga nisbatan jinoiy ish ochilgani haqida tarqalgan xabarlarni rasman inkor qilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-02-2018, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют