» » “Bola puli”ning bir qismini talab qilgan mahalla xodimlari “ishonch telefoni” orqali fosh etildi

“Bola puli”ning bir qismini talab qilgan mahalla xodimlari “ishonch telefoni” orqali fosh etildi


Farzand dunyoga kelgach oiladagi sharoitga qarab ona mahalla fuqarolar yig‘inidan bola parvarishi uchun yordam puli olishi mumkinligi O‘zbekiston qonunchiligida belgilangan. Lekin bu imtiyozdan foydalanishda ayollar ba’zan ayrim muammolarga duch kelmoqda, deb yozadi O‘zA.

Samarqand viloyati Tayloq tumanida yashovchi fuqaro L.Oqilovadan mahalla fuqarolar yig‘ini faollaridan biri ikki yoshgacha bo‘lgan farzandi uchun nafaqa puli berilayotgani evaziga har oyda yuz ming so‘m talab qilgani ma’lum qilindi. Ayol bu vaziyatda ba’zi fuqarolarga o‘xshab poraxo‘rga aytgan pulini qo‘shqo‘llab tutqazmay, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi “ishonch telefoni”ga murojaat qilgan.

Mazkur murojaatda ko‘rsatilgan holatlar batafsil o‘rganilib, ayolning murojaati o‘z tasdig‘ini topdi. Tayloq tumanidagi “Eski Juma” mahalla fuqarolar yig‘ini kotibasi X.Xolmirzayevaga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi matbuot xizmati boshlig‘i Gulnoza Rahimova

Jinoyat kodeksining mazkur moddasida “Firibgarlik” jinoyati va unga beriladigan jazolar nazarda tutilgan. Jumladan, shu moddaning 1-qismida firibgarlik, ya’ni aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini yoki o‘zganing mulkiga bo‘lgan huquqni qo‘lga kiritish eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Qarshi shahrida yashovchi fuqaro A.Yangiboyevadan ham mahalla fuqarolar yig‘ini xodimi farzandiga nafaqa puli tayinlash evaziga pul talab qilib, ana shu holatni sodir etgan. Fuqaroning bu boradagi murojaati bo‘yicha o‘tkazilgan tezkor tekshirishda mazkur yig‘in kotibi S.Qorayeva firibgarlik yo‘li bilan A.Yangiboyevadan 600 ming so‘m pulni olgan vaqtida ushlanib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bosh prokuraturada tashkil qilingan Murojaatlarni telefon orqali qabul qilish markazining “ishonch telefoni” barcha turdagi murojaatlarni tunu kun qabul qilayotgani tufayli yuqoridagi kabi jinoyatlarga vaqtida chek qo‘yilmoqda.

2017-yilning birinchi choragida murojaatlar egalariga 890 million so‘mdan ziyod ish haqi, pensiya to‘lovlari, aliment va boshqa qarzdorlik summasi undirilishi ta’minlangan. Qonunga zid 72 hujjatga protest keltirilgan. Qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan 10 taqdimnoma kiritilib, 79 jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-05-2017, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют