» » Toshkentda 944 nafar shaxs mansabdorlik bilan bog‘liq jinoiy ish bo‘yicha javobgarlikka tortilgan

Toshkentda 944 nafar shaxs mansabdorlik bilan bog‘liq jinoiy ish bo‘yicha javobgarlikka tortilgan


2016-yil va 2017-yilning uch oyi davomida mansabdorlik yoki ish faoliyat bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etganlik uchun Toshkent shahrida 944 nafar shaxsga nisbatan 566 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBBda 13-aprelda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilindi.

Ko‘rib chiqilgan ishlar Jinoyat Kodeksining 19 ta moddasida ko‘rsatilgan jinoyat ishlari bo‘yicha olib borilgan. Jumaladan, Jinoyat Kodeksining 210-moddasi bilan 33 ta jinoyat ishi bo‘yicha 36 nafar, 211-moddasiga asosan tergov qilingan 122 ta jinoyat ishi bo‘yicha 156 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan.

190 nafar shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. 187 nafar shaxsga nisbatan axloq tuzatish ishlari, 205 nafar shaxsga nisbatan jarima, 10 nafariga nisbatan qamoq va 403 nafar shaxsga nisbatan muayyan huquqlardan mahrum qilish jazosi qo‘llanilgan.

“Jinoiy jazolarni liberallashtirish to‘g‘risida”gi qonun normalari qo‘llanilib, 128 nafar shaxs jazodan ozod qilingan. Ularning 22 nafariga Jinoyat Kodeksining 72-moddasi, ya’ni shartli hukm qilish, 127 nafariga Jinoyat Kodeksining 57-moddasi, ya’ni yengilroq jazo tayinlash normalari qo‘llanilgan.

O‘tgan davr mobaynida hokim va ularning o‘rinbosarlaridan bitta jinoyat ishi bo‘yicha bitta shaxs, prokratura xodimlaridan  2 ta jinoyat ishi bo‘yicha 2 nafar shaxs, sud ijro departamentidan 3 ta jinoyat ishi bo‘yicha 3 nafar shaxs, adliya idoralaridan 2 ta jinoyat ishi bo‘yicha 2 nafar shaxs, ichki ishlar idoralari xodimlaridan 60 ta jinoyat ishi bo‘yicha 97 nafar shaxs, soliq qo‘mitasi xodimlaridan 3 ta jinoyat ishi bo‘yicha 3 nafar shaxs, bojxona idoralaridan 2 ta jinoyat ishi bo‘yicha 2 nafar shaxsga nisbatan tegishli jazolar tayinlangan. Ulardan 83 nafari muayyan huquqdan mahrum qilingan.

Tergov va sud davomida mansabdorlik yoki ish faoliyat bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etish jarayonida yetkazilgan 65 597 000 000 so‘m zararning 63 268 000 000 so‘mi undirilishi ta’minlangan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (13-04-2017, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют