» » Bosh prokuratura Gulnora Karimova, Rashid Qodirov va Abdusalom Yo‘ldoshevlarga ochilgan jinoyat ishlari haqida ma’lumot berdi

Bosh prokuratura Gulnora Karimova, Rashid Qodirov va Abdusalom Yo‘ldoshevlarga ochilgan jinoyat ishlari haqida ma’lumot berdi


O‘zbekiston Bosh prokurori o‘rinbosari Erkin Yo‘ldoshev Xalqaro press klubning bugun, 19-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan sessiyasida Rashid Qodirov, Gulnora Karimova va Abdusalom Yo‘ldoshevlarga nisbatan ochilgan jinoyat ishlarining borishi haqida ma’lumot berdi, deb xabar berdi “Gazeta.uz”.

“O‘zbekistonning sobiq bosh prokurori Rashid Qodirov ishi bo‘yicha tergov jarayoni yakunlanish arafasida. Ushbu jinoyat ishi haqida aholi batafsil xabardor qilinadi, davlat rahbari ham bu haqda bir necha bor gapirdi. Biz sud kuni va joyi haqida ma’lumot beramiz”, — deydi u.

Joriy yilning iyun oyida O‘zbekistonning sobiq bosh prokurori Rashid Qodirov ishi bo‘yicha 24 nafar shaxsga nisbatan ayblov e’lon qilingan edi.

Qayd etilishicha, hozirda Davlat soliq qo‘mitasi sobiq raisining birinchi o‘rinbosari Abdusalom Yo‘ldoshevga nisbatan ochilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov jarayoni davom etmoqda. May oyining oxirida u Farg‘onada hibsga olinib, Toshkentga olib kelingan edi.

Shuningdek, Erkin Yo‘ldoshevning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Birinchi Prezidentining qizi Gulnora Karimova O‘zbekistonda jazoni o‘tamoqda.

“Gulnora Karimova sud hukmida ko‘zda tutilgan jazoni O‘zbekiston hududida o‘tamoqda”, — deydi O‘zbekiston bosh prokurorining o‘rinbosari.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-12-2018, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют