» » Mirzo Ulug‘bek tuman prokuraturasi xodimi salkam 50 ming dollar pora olganlik gumoni ostida ushlandi

Mirzo Ulug‘bek tuman prokuraturasi xodimi salkam 50 ming dollar pora olganlik gumoni ostida ushlandi


Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tuman prokuraturasi katta tergovchilaridan biriga nisbatan — uning ustidan tushgan murojaat asosida — jinoyat ishi ochilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Bosh prokuratura tomonidan Mirzo Ulug‘bek tumani prokuraturasi katta tergovchisi K. ish yurituvidagi xorijiy korxona ta’sischiligida tashkil etilgan jamiyat mansabdor shaxslariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini ijobiy hal qilib berish evaziga 47300 AQSh dollarini olganligi holati yuzasidan kelib tushgan murojaatga asosan JKning 210-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha K.ga Jinoyat kodeksining yuqoridagi moddasi bilan ayb e’lon qilinib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.

Bosh prokuratura axborotidan

Ma’lumot uchun, Jinoyat kodeksining 210-moddasi 3-qismi “a” bandi (“juda ko‘p miqdorda pora olish”) bo‘yicha aybdor deb topilgan shaxslar 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-07-2018, 19:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют